“Oqtosh don” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga
E ‘ L O N !

“Oqtosh don” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdagi umumiy yig‘ilishi 2022-yil 31-mart kuni (xaftaning payshanba kuni) soat
14-00da Samarqand viloyati, Narpay tumani, J.Mirzaev ko‘chasi, 2-uy manzili bo‘yicha joylashgan “Oqtosh don” aksiyadorlik jamiyati ma’muriy binosi majlislar zalida o‘tkazilishi haqida ma’lum qiladi.

Umumiy yig‘ilish kun tartibi:

1. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining sanoq komissiyasi va ishchi prezidumi a’zolarini saylash;
2. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining kun tartibi va reglamentini tasdiqlash;
3. Jamiyat kuzatuv kengashining 2021 moliyaviy yil yakunlari bo‘yicha hisobotini tasdiqlash;
4. Jamiyatning 2021 yil moliya-xo‘jalik faoliyati yakunlari va Biznes rejasining bajarilishi to‘g‘risida ijroiya organi rahbarining hisobotini tasdiqlash;
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-avgustdagi PQ-4426-sonli qarori talablariga muvofiq Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo‘yicha direktorining 2021 moliyaviy yil yakunlari bo‘yicha hisobotini eshitish;
6. Jamiyatning 2021 moliyaviy yil yakunlari bo‘yicha buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisoboti hamda foyda va zararlarini tasdiqlash;
7. Jamiyat taftish komissiyasining 2021 moliyaviy yil yakunlari bo‘yicha tekshirish hisoboti va xulosasini tasdiqlash;
8. Jamiyatning 2021 yil moliyaviy yil yakunlari bo‘yicha tashqi auditorlik tashkiloti “JAVLON AUDIT SERVIS” MCHJ ning xulosasi (MHXS, MHMS) hamda 2021-yil uchun SMK, SYK va ularning bajarilishi foizlarining hisoblangan miqdorini tekshirish natijalari yuzasidan jamiyat tashqi auditorining xulosasini eshitish va tasdiqlash;
9. 2021-yil yakuni bo‘yicha jamiyat foydasini taqsimlanishi, ustav fondidagi aksiyalarga hisoblanadigan dividend miqdorini belgilanishi va dividend to‘lash muddatini tasdiqlash;
10. Jamiyat 2022 yil faoliyati uchun Kuzatuv kengashi a’zolarini qayta saylash va ularni moddiy rag‘batlantirish;
11. Jamiyatning 2022 yil faoliyati uchun Taftish komissiyasi a’zolarini qayta saylash va ularni moddiy rag‘batlantirish;
12. Jamiyatning 2022 yil uchun ijroiya organi raxbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasini muddatini uzaytirish va ularni moddiy rag‘batlantirish;
13. Jamiyatda 2022 yil yakuni bo‘yicha auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun auditor xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilotlar taklifini ko‘rib chiqish hamda ularga to‘lanadigan xizmat haqi miqdorini belgilash;
14. Depozitariy “Samarqand vaqt” MChJ tomonidan 2021 yilda korporativ boshqaruv tizimini baholash xulosasini eshitish va tasdiqlash;
15. Korxonalarda xaridlar jarayonining shaffofligi asosliligi, jumladan, mahalliy mahsulotlarning sifat va narx bo‘yicha belgilangan parametrlarga muvofiqligini hisobga olgan holda import xaridlarini, shuningdek valyuta resurslaridan samarali foydalanilishi to‘g‘risida tashqi audit xulosasini tasdiqlash.
* Jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlarning ro‘yxatini tuzish uchun 2022 yil 25 mart holatiga va umumiy yig‘ilish o‘tkazilishi haqida xabar qilish uchun 2022 yil 02 mart holatiga aksiyadorlar reestri shakllantiriladi.
* Aksiyadorlarga taqdim etiladigan axborot (materiallar) ro‘yxati bilan jamiyat binosida tanishib chiqishlari mumkin.
– Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish 2022 yil 31 mart kuni soat 13-00dan
14-00ga qadar davom etadi.
– Yig‘ilishga aksiyadorlar shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar bilan, vakillar ishonchnoma bilan kelishlari so‘raladi.
Murojaat uchun telefon: (94) 533-65-53.
Jamiyatning elektron pochta manzili (email:) oqtoshdon@mail.ru

Hurmatli aksiyadorlar, jamiyat aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risidagi axborot va boshqa ma’lumotlarni jamiyat aksiyadorlariga sifatli va tezkor ravishda yetkazilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq elektron pochta orqali amalga oshirilishini inobatga olib, Sizdan elektron pochta manzilingizni (Email.) jamiyatga yozma ravishda yoki telefon orqali qo‘ng‘iroq qilib, og‘zaki tarzda taqdim etishingiz lozimligini ma’lum qilamiz.

Jamiyat kuzatuv kengashi

Menyu