“Oqtosh don” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdagi umumiy yig‘ilishi 2020 yil 31 mart kuni (xaftaning seshanba kuni) soat
14-00da Samarqand viloyati, Narpay tumani, J.Mirzaev ko‘chasi, 2-uy manzili bo‘yicha joylashgan “Oqtosh don” aksiyadorlik jamiyati ma’muriy binosi majlislar zalida o‘tkazilishi haqida ma’lum qiladi.

Umumiy yig‘ilish kun tartibi:

  1. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining ishchi prezidumini saylash;
  2. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash;
  3. Sanoq komissiyasi a’zolarini saylash;
  4.  Jamiyat kuzatuv kengashining 2019 moliyaviy yil yakunlari bo‘yicha hisoboti, kuzatuv kengashining 2019 yil davomidagi barcha qarorlari hamda jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotini tasdiqlash;
  5.  Jamiyat ijroiya organi rahbarining 2019 moliyaviy yil yakunlari bo‘yicha hisoboti va jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotini tasdiqlash;
  6. Jamiyat taftish komissiyasining 2019 moliyaviy yil yakunlari bo‘yicha tekshirish hisoboti va xulosasini tasdiqlash;
  7. Jamiyatning 2019 yil moliyaviy yil yakunlari bo‘yicha tashqi auditorlik tashkilotining xulosasini eshitish va tasdiqlash;
  8. Jamiyatning 2019 moliyaviy yil yakunlari bo‘yicha buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisoboti hamda foyda va zararlarini tasdiqlash;
  9. Jamiyat ustav fondidagi aksiyalarga hisoblanadigan dividend miqdorini belgilash;
  10. Jamiyatning 2020 yil uchun yillik “Biznes-reja”si, daromadlar hamda harajatlar smetasini tasdiqlash;
  11. Jamiyat 2020 yil faoliyati uchun kuzatuv kengashining son tarkibini belgilash, ularning a’zolarini saylash;
  12. Jamiyatning 2020 yil faoliyati uchun taftish komissiyasi tarkibini qayta saylash;
  13. Jamiyatning 2020 yil uchun ijroiya organi raxbari boshqaruv raisi va uning a’zolari bilan tuzilgan shartnomaning muddatini uzaytirish, uni qayta tuzish yoki bekor qilishni tasdiqlash;
  14. Jamiyatning 2020 yil faoliyati uchun minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining son tarkibini belgilash va ularning a’zolarini saylash;
  15. Jamiyatda 2020 yil yakuni bo‘yicha auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun auditor xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilotlar taklifini ko‘rib chiqish hamda ularga to‘lanadigan xizmat haqi miqdorini belgilash;
  16. Depozitariy “Samarqand vaqt” MChJning korporativ boshqaruv tizimini baholash xulosasini eshitish va tasdiqlash;
  17. Jamiyat kuzatuv kengashi raisi va a’zolariga, hamda taftish komissiyasi raisi va a’zolariga to‘lanadigan haq yoki kompensasiyalarning eng yuqori miqdorini belgilash;
  18. Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo‘yicha direktorining 2019 moliyaviy yil yakunlari bo‘yicha hisobotini eshitish;
  19. Korxonalarda xaridlar jarayonining shaffofligi asosliligi, jumladan, mahalliy mahsulotlarning sifat va narx bo‘yicha belgilangan parametrlarga muvofiqligini hisobga olgan holda import xaridlarini, shuningdek valyuta resurslaridan samarali foydalanilishi to‘g‘risida tashqi audit xulosasini ko‘rib chiqish;
  20. Jamiyat balansida ulushi bo‘lgan non, makaron, qandolat ishlab chiqarish va transport xizmati ko‘rsatuvchi korxonalardan tashqari, barcha turdagi korxonalar hamda bo‘sh turgan bino va inshootlarni qonunchilikda belgilangan tartibda sotish.
    * Jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlarning ro‘yxatini tuzish uchun 2020 yil 26 mart holatiga va umumiy yig‘ilish o‘tkazilishi haqida xabar qilish uchun 2020 yil 09 mart holatiga aksiyadorlar reestri shakllantiriladi.

* Aksiyadorlarga taqdim etiladigan axborot (materiallar) ro‘yxati bilan jamiyat binosida tanishib chiqishlari mumkin.

– Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish 2020 yil 31 mart kuni soat 13-00dan
14-00ga qadar davom etadi.

– Yig‘ilishga aksiyadorlar shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar bilan, vakillar ishonchnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Murojaat uchun telefon: (94) 533-65-53.

Jamiyatning elektron pochta manzili (email:) oqtoshdon@mail.ru

Hurmatli aksiyadorlar, jamiyat aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risidagi axborot va boshqa ma’lumotlarni jamiyat aksiyadorlariga sifatli va tezkor ravishda yetkazilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq elektron pochta orqali amalga oshirilishini inobatga olib, Sizdan elektron pochta manzilingizni (Email.) jamiyatga yozma ravishda yoki telefon orqali qo‘ng‘iroq qilib, og‘zaki tarzda taqdim etishingiz lozimligini ma’lum qilamiz.

Jamiyat kuzatuv kengashi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Fill out this field
Fill out this field
Iltimos haqiqiy email kiriting

Menyu